Yana bir muhim masala – soʻnggi vaqtlarda daryolar, tabiiy suv havzalarida elektr bilan baliq ovlash koʻpayib ketayotganiga eʼtibor qaratildi. Bu yilning oʻzida 39 ta holatda elektr bilan, 436 ta toʻr bilan noqonuniy baliq ovlash aniqlangan.
Mutasaddilarga bu borada taʼsirchan nazorat oʻrnatib, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi. Brakonyerlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilindi.