— Yoʻq, biz uni hududimizga umuman kiritmaslik imkoniyatiga ega emas edik. Boisi, hozirgi kunga kelib, dunyoning 60 ga yaqin davlatlarida bu shtamm aniqlandi.

Koronavirusning “Britancha” shtamm kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR davlatlaridan Oʻzbekistonga kirish va chiqish boʻyicha taqiq mavjud boʻlsa-da, dunyoda oʻzbekistonliklar borib-kelishi mumkin boʻlgan davlatlarning soni juda koʻp. Kasallik aynan yuqorida sanab oʻtilgan davlatlardan emas, balki uchinchi, toʻrtinchi davlatdan kirib kelish ehtimoli mavjud edi.