Muhtaram Prezidentimiz Murojaatnomada oʻrtaga qoʻyilgan ustuvor vazifalar boʻyicha parlamentimiz, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, koʻpni koʻrgan donishmand nuroniylarimiz, tashabbuskor yoshlarimiz – keng jamoatchilikka katta ishonch bildirib:

“Yangi yilda yana-da katta safarbarlik ruhida ishlashimizga toʻgʻri keladi” degan soʻzlari  1 asrlik katta tarixiy tajribaga ega Toshkent Tibbiyot Akademiyamizning bundan keyingi ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi, istiqbolli rejalarning belgilab olinishiga turtki boʻlmoqda.

Murojaatnomani eshitgan har bir yurtdoshimiz bugun  oqilona siyosat bilan olib borilayotgan istiqbolli islohotlarning qaynoq jarayonida ekanligidan faxrlangani shubhasiz. Biroq, mamlakatimiz rahbari taʼkidlaganidek, biz bajarilgan ishlarimiz bilan gʻururlanib, ertangi masʼuliyatli vazifalar oldidagi hushyorlikni yoʻqotmasligimiz kerak. Tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va mehr-oqibat muhiti hukm surayotgan jamiyatimizning keyingi taqdiriga befarq boʻlmaslik uchun, «Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan yagona maqsad atrofida birlashib, masʼuliyat va javobgarlikni chuqur his etmogʻimiz  lozim.

Murojaatnomada jamiyatimizning barcha sohalari qatori fan va taʼlim, yoshlar siyosati, ayniqsa  tibbiyot yoʻnalishidagi yangicha qarash va innovatsion loyihalarga katta umid bildirildi. Raqamli tibbiyotning keng qamrovli imkoniyatlarini amaliyotga joriy etib borishda ilm va tafakkur bilan ish tutish lozimligi aytildi. Yangi yildan fizika va chet tillari yoʻnalishini zamon talablari darajasiga koʻtarib, har bir sohada bu ikki yoʻnalish doirasida katta oʻzgarishlar qilish borasida aniq  takliflar berildi. Aholiga malaka tibbiy xizmat koʻrsatish, avvalo yoshlarga zamonaviy bilim berib, kelajak tibbiyoti yoʻlida mustahkam intellektual poydevor yaratishdan  boshlanadi.

Oʻtib borayotgan 2020-yilda mamlakatimiz qonunchiligida tibbiyot sohasiga oid qabul qilingan bir qator tarixiy qaror va qaror osti hujjatlarini harakatga keltirib, odamlar hayoti va taqdirida aks ettirish uchun barcha kuch va salohiyatimizni ishga solishimiz zarurligi aytildi..

Prezidentimiz taʼkidlaganidek,  demokratik islohotlar yoʻlidagi maqsadlarimizga olib boradigan yoʻl oson emas, aksincha qiyin va murakkab. Biroq, azaldan hamjihatlik  bilan asriy orzularini roʻyobga chiqarib kelayotgan qudratli xalqimiz  boshlab qoʻygan ishini chala tashlab, hech qachon ortga qaytmasligini oʻtib borayotgan sinovlar kunlarda jasorati misolida yana bir bor isbotlab berdi.

Shaksiz, kelayotgan yangi  yilda  ham oldinga, faqat oldinga qarab intilamiz. Chunki bugungi xalqimiz kechagi xalq emas. Bugungi Oʻzbekiston ham kechagi Oʻzbekiston emas. Agar taʼbir joiz boʻlsa, bugungi tibbiyot,  kechagi tibbiyot, bugungi vrach esa  kechagi shifokor emas.

Aholiga, shu jumladan, bolalar va ayollarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat darajasini bugungi zamon talabiga olib chiqishga   shifokorlar, klinik ordinatura va magistratura bitiruvchilarini tayyorlash sifatini oshirish orqali erishish mumkin.

2021-yildan klinik ordinatura va magistratura dasturlari yangi formatga oʻtadi. Doktorlik himoyasi ishi Oliy taʼlim muassasalari ixtiyoriga oʻtkazilib, bu borada jahon tajribasi  qulayliklari yaratiladi.  Murojaatnomada oliy taʼlim tizimiga ilgʻor xalqaro tajribani chuqurroq olib kirish vazifasi topshirildi.

2021-yildan  Toshkent tibbiyot akademiyasida, tashxislov va davolash ishlarining samarali usullarini joriy etish maqsadida Koreya, Hindiston, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi professor oʻqituvchilari, klinik ordinatorlari va shifokorlarining mahorat darslari, maʼruzalarini amaliyotga joriy etish yana-da takomillashtiriladi. Yosh mutaxassislar, bakalavr va  magistrlarning

Koreya, Ruminiya, Avstriya, Chexiya, Italiya, Germaniya kabi davlatlarining yetakchi klinikalarida malaka oshirish imkoniyatlarini kengayadi. Oʻquv jarayoniga innovatsion usullarni jalb etishni davom ettirgan holda,   Koreya Respublikasi Koryo universiteti bilan hamkorlikda yana yangi  tadqiqot laboratoriyalari, Koreya sogʻliqni saqlash sanoatini rivojlantirish instituti (KHIDI) bilan hamkorlikda Xalq tabobati markazlarining yangi boʻlimlari, I.M.Sechenov nomli birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Oliy taʼlim muassasalararo markazlarining qoʻshimcha yoʻnalishlar   ochiladi.

Shifokorlarning yangi avlodini shakllantirish maqsadida fizika va chet tillarini oʻqitishni chuqurlashtirish maqsadida TTA qoshida Sechenov universiteti bilan hamkorlikda yaratiladigan maxsus “Tibbiyot kelajagi” dastur asosidagi loyihalar zamonaviy talablar bosqichiga olib chiqiladi.

Qozon davlat tibbiyot universiteti bilan “Davolash ishi” yoʻnalishida qoʻshma taʼlim dasturi ayniqsa, xorijiy professor pedagoglarning akademiya oʻquv jarayoniga yana-da koʻproq jalb etish choralarini koʻrib, bu boradagi xorijiy hamkorlik  kuchaytiriladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Universitetga aylantirilib, yangi yoʻnalishlar boʻyicha yetuk mutaxassislar tayyorlanadi. Pediatriya, farmatsevtika, stomatologiya, vrachlar malakasini oshirish va  magistratura yoʻnalishi, shuningdek, doktorlik himoyasi boʻyicha  mustaqil ilmiy kengashlar  faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Bu maqsadlarga  bir yoqadan bosh chiqarib, bir-birini  qoʻllab-quvvatlagan xalq  vijdon amri, vatanga sadoqatini namoyon etgan  halol mehnati evaziga erishishi mumkin. Hayotimizning turli sohalaridagi  muammo va kamchiliklar, yoʻlimizda katta gʻov boʻlib turgan toʻsiqlarni bartaraf etish uchun birlashib, kengashib, muammolarning katta kichigigina qarab emas, muhimlik darajasini inobatga olib  astoydil harakat qilayotgan shunday shijoatkor xalq  safida boʻlmoq  har yurtdoshimiz singari Toshkent  tibbiyot akademiyasi jamoasi uchun ham katta sharafdir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati