Shundan xalq taʼlimi tizimidagi maktablarga 577304 nafar bola, boshqa vazirlik tasarrufidagi maktablarga 103 nafar va 1303 nafari nodavlat maktablarga qabul qilingan.
Joriy oʻquv yilida xalq taʼlimi vazirligi 650116 nafar oʻquvchini qabul qilishni rejalashtirgan.
Oʻquvchilarning aksariyati, 96,4 foizi oʻz mikrohududidan qabul qilingan (558140 nafar bola).
2020-2021 oʻquv yili uchun qabul joriy yilning 25-avgustiga qadar davom etishini maʼlum qilamiz.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan oʻquvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda.