Bugun muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

    Oʻzbekistonda 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi uchun 16-23-oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish boʻlib oʻtadi.

    Chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish ushbu saylov uchastkalari joylashgan davlatdagi mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi.

    Shuningdek, xorijdagi fuqarolarimiz uchun saylov.mfa.uz sayti ham ishga tushirilgan.

    Saylov uchastkasida ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 gacha saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish mumkin.