Bugun 831 738 nafar nogironligi bor shaxslar ovoz bermoqda

    Uyda ovoz beruvchi shaxslar uchun saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan yashash manziliga borgan holda ovoz berish imkoni yaratildi; oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun gavjum joylarda bepul transport qatnovi yoʻlga qoʻyildi;

    Bugun yurtimizda oʻtkazilayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovida 831 738 nafar nogironligi bor shaxslar ovoz bermoqda.

    Shundan:

    • 105 404 nafari ovoz berishda koʻmakka muhtoj shaxslar;
    • 17 309 nafari oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar.

    Nogironligi bor shaxslarning saylov uchastkalarida mustaqil harakatlanishida inklyuzivlikni taʼminlash maqsadida bir qator qulayliklar yaratildi.

    Jumladan:

    • Uyda ovoz beruvchi shaxslar uchun saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan yashash manziliga borgan holda ovoz berish imkoni yaratildi;
    • Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun gavjum joylarda bepul transport qatnovi yoʻlga qoʻyildi;

    Saylov uchastkasiga mustaqil boruvchi shaxslar uchun alohida jihozlangan yashirin ovoz beruvchi kabinalar oʻrnatildi.

    Qolaversa, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan saylov uchastkalarini binolarning birinchi qavatida joylashganiga alohida eʼtibor qaratildi.