Bugun yurtimizda oʻtkazilayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovida 831 738 nafar nogironligi bor shaxslar ovoz bermoqda.

Shundan:

  • 105 404 nafari ovoz berishda koʻmakka muhtoj shaxslar;
  • 17 309 nafari oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar.

Nogironligi bor shaxslarning saylov uchastkalarida mustaqil harakatlanishida inklyuzivlikni taʼminlash maqsadida bir qator qulayliklar yaratildi.

Jumladan:

  • Uyda ovoz beruvchi shaxslar uchun saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan yashash manziliga borgan holda ovoz berish imkoni yaratildi;
  • Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun gavjum joylarda bepul transport qatnovi yoʻlga qoʻyildi;

Saylov uchastkasiga mustaqil boruvchi shaxslar uchun alohida jihozlangan yashirin ovoz beruvchi kabinalar oʻrnatildi.

Qolaversa, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan saylov uchastkalarini binolarning birinchi qavatida joylashganiga alohida eʼtibor qaratildi.