23 dekabr` – O'zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor tug'ilgan kun
Bugun Asqad Muxtor tavalludiga 100 yil to'ldi. Sana munosabati bilan tongda O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi jamoasi, adibning oila a'zolari, yozuvchi-shoirlar “CHig'atoy” qabristonida bo'ldi, O'zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor qabriga gul qo'ydi. Marhumning ruhiga Qur'ot tilovat qilindi, u bilan bog'liq yorqin xotiralar esga olindi.
Ayni daqiqalarda yozuvchi yashab ijod qilgan xonadonda yodgorlik lavhi o'rnatilmoqda. Soat 11:00da O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasining katta tadbirlar zalida "el-yurt kerak ekan odamga", deb nomlangan xotira kechasi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Axborot xizmati