Baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamolning kuchayishi 25-28 m/s ga yetishi mumkin. Havo harorati 16-21° iliqgacha isiydi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-19° iliq boʻladi.
Togʻli hududlarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 5-10° iliq boʻladi.