Foto: Hamdam Sharahmedov.
Respublika boʻyicha shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-26° boʻladi.
Togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda (2500 m dan yuqori) qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° boʻladi.