Ikki kun davomida 2002-2005-yillarda tavallud topgan “klassiklar” mamlakat kubogi uchun bahs olib boradi. Bugun musobaqaning birinchi kuni 55, 63, 72, 82 va 97 kilogramm vazn toifalarida gʻolib hamda sovrindorlar nomi maʼlum boʻladi.

Soat 10:30 da saralash bellashuvlari boshlanadi. Soat 14:00 da mamlakat kubogining tantanali ochilish marosimi oʻtkaziladi. Soat 17:00 da esa medallar uchun kechadigan final bahslari boʻlib oʻtadi. Ertaga esa 60, 67, 77, 87 va 130 kilogramm vaznlarda Oʻzbekiston kubogi sohiblari maʼlum boʻladi.