Bugun IHTning 16-sammitida ishtirok etish uchun bir qator davlat rahbarlari Toshkentga keladi

    Mamlakatimizda 8 Noyabr 2023 1057

    Toshkent shahrida yirik xalqaro tadbir - Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boshlanmoqda.

    Sammitda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar hamda IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etadi.

    Bugun, 8-noyabr kuni delegatsiyalar Toshkentga kela boshlaydi. Prezidentimiz ularning rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi. Jumladan, bugunga Qirgʻiziston, Turkiya Prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va IHT bosh kotibi bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

    Ertaga, 9-noyabr kuni oliy darajadagi yigʻilish boʻlib oʻtadi. Uning doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.