Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekistonda 25-mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya oʻtkaziladi.
Aytish oʻrinliki, shu kuni Yer sayyorasiga gʻamxoʻrlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga oʻchiriladi.
Ushbu tashabbus birinchi marta 2007-yilda Avstraliyada paydo boʻlgan va hozirda iqlim oʻzgarishi muammosi va tabiiy resurslarni tejash zarurligiga eʼtiborni kuchaytirishga qaratilgan global harakatning bir qismidir.
Shu oʻrinda aksiya doirasida barcha davlat organlari va tashkilotlarida elektr energiyasi bilan ishlaydigan texnikalar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning hududiy korxona va filiallari tomonidan tarmoqdan uzilmasligini maʼlum qilamiz.
Mazkur aksiyani barcha davlat organlari va tashkilotlari ixtiyoriy ravishda amalga oshirishlari mumkin.