Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Aksiya doirasida daraxtlarni asrab-avaylash, ulardan ishlab chiqarilayotgan qogʻozlar sarfini kamaytirish, mebel jihozlarini yasashda qayta ishlangan xom ashyolardan keng foydalanish, qogʻozlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga almashtirishni targʻib etishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarishning xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ikkilamchi qogʻoz chiqindilarini qayta ishlashga qaratilgan targʻibotlar amalga oshiriladi.