“Pravda Vostoka” gazetasi O'zbekistondagi eng keksa ijtimoiy-siyosiy nashr sanaladi.
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan. 1924 yildan “Pravda Vostoka” deya nomlangan gazeta 1975 yildan buyon har kuni nashr etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 yanvardagi qarori bilan “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati” davlat korxonasi nomi “Yangi O'zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi deb o'zgartirildi hamda ikkala gazeta bitta tahririyatga birlashdi.
Bugun gazetaning 30 mingdan ortiq (30100)-soni o'quvchilar qo'liga etib bordi.
Gazeta o'tgan yillar davomida mamlakatimizda bo'layotgan voqea-hodisalarni o'z o'quvchilariga uzluksiz etkazib berayotgan nashr bo'lib, bugun mediakonvergentsiya asosida zamonaviy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali butun dunyoga axborot tarqatmoqda.
“Pravda Vostoka” gazetasining 106 yillik yubiley bayrami bilan Tahririyat jamoasini, shu gazetada mehnat qilgan ustoz jurnalistlarni, faxriy hamkasblarimizni muborakbod etib, birlashgan Tahririyat jamoasiga kuch-quvvat, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bugun “Pravda Vostoka” gazetasi 106 yoshga to'ldi
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan.
Toshkentda 1,7 kilogrammdan ortiq sintetik narkotik moddalar musodara qilindi
- Xorijda o‘zbek restorani ochgan tadbirkorlarga xarajatlarning 50 foizigacha subsidiya ajratiladi
- Surxondaryoda o‘quvchiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgan texnikum xodimi ishdan bo‘shatildi
- Qo‘l sumkasi va kiyimiga yashirilgan 34 ming dollar aniqlandi
- Lasha Gudjedjiani Oʻzbekiston dzyudo terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
- JSST bolalar va oʻsmirlarda semizlikni davolash boʻyicha ilk tavsiyalarini eʼlon qildi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- Fabio Kannavaro Oʻzbekiston terma jamoasining yangi yigʻini uchun tarkibni eʼlon qildi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi