Davlatimiz rahbari barcha tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish bo‘yicha belgilab olingan katta marralarga erishishda qurilish sohasining alohida o‘rni borligini ta’kidladi.
So‘nggi to‘qqiz yilda 10 mingga yaqin yangi qurilish korxonalari ish boshladi, aylanmassi 1 trillion so‘mdan oshgan 20 ta, 100 milliard so‘mdan o‘tgan 365 ta yirik kompaniyalar paydo bo‘ldi. Loyiha tashkilotlari 2 mingdan, ulardan xalqaro sertifikat olganlari 650 dan oshdi.
Qurilishda ruxsat berish bosqichi 3 karra, muddati 4 karra qisqardi, 420 ta shaharsizlik norma va qoidalarini birlashtirish, eskilarini bekor qilish hisobiga 140 ta yangi shaharsizlik norma va qoidalari tasdiqlandi.
Mazkur ishlar natijasida o‘tgan davrda 210 million kvadrat metrlik bino-inshoot, 647 ming xonadonli 15 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar barpo etildi. Qurilish ishlari hajmi 2016 yilda 30 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 314 trillion so‘mga yetdi.
Bugun qurilish, qurilish materiallari va ularga yondosh sohalarda 3,5 million aholi band.