Joriy yil mavsum kashfiyotiga aylangan samarqandlik Sharofiddin Amriddinov bugun supaga chiqadi.

Yosh hamyurtimiz -102 kilogramm vazn toifasining “V” guruhida ishtirok etadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi. Chempionlik uchun kurashadigan “A” guruhi vakillarining chiqishi esa 14-dekabr kuni tong soat 05:00 ga belgilangan. Shundan soʻng hamyurtimizning musobaqada egallagan yakuniy pogʻonasini bilib olishimiz mumkin boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, kecha Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili mazkur nufuzli chempionatdagi ishtirokini tugatgan edi. Jumladan, -81 kilogramm vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Ogʻabek Toʻxtayev hamda Muhammadqodir Toshtemirov ishtirok etib, Toʻxtayev 326 (140+180) kilogramm bilan 11, Toshtemirov esa 343 (156+187) kilogramm bilan 7-natijani qayd etdi. Mazkur yoʻnalishda oltin medal xitoylik Li Dayinga nasib etdi.