Bugun “sukunat kuni”

    Ertaga, 27-oktyabr kuni Parlament va mahalliy kengash deputatligi uchun saylov kuni. Saylov kodeksiga koʻra, saylov kuni va ovoz berishga 1 kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi.

    Shu bilan bir qatorda, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish (hammaga maʼlum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish taqiqlanadi.

    Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun oldin olib qoʻyilishi majburiy hisoblanmaydi.

    Maʼlumot uchun, saylovda ovoz berish 27-oktyabr kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha tegishli saylov uchastkalarida oʻtkaziladi.