Bugun Toshkentda ayrim koʻchalar yopiladi

    Urbanizatsiya 14 Sentabr 2022 1140

    14-sentyabr kuni poytaxtimizda “Ipak yoʻli durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali oʻtkaziladi.

    Shu munosabati bilan bir necha koʻchalar yopiladi, deya xabar beradi shahar hokimligi axborot xizmati.

    Unga koʻra:

    — Chilonzor koʻchasi – Novza va Katta Chilonzor koʻchalari oraligʻida soat 10:00 dan 17:00 gacha qisman yopiladi;

    — Alisher Navoiy shohkoʻchasi – Labzak va Abay koʻchalari oraligʻida soat 17:00 dan 20:00 gacha qisman yopiladi;

    — Paxtakor koʻchasi – Navoiy shohkoʻchasi va “Paxtakor” stadioni oraligʻida soat 14:00 dan 23:00 gacha toʻliq yopiladi;

    Haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya qilindi.