Kapurlar oilasi Toshkentga keladi

    “Ipak yoʻli durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Raj Kapurning 100-yilligini nishonlash rejalashtirilmoqda.

    Mazkur tadbirga mehmon sifatida Kapurlar sulolasi vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Kinomotografiya milliy agentligi xabar bermoqda.

    Festival tarixiga nazar soladigan boʻlsak, unda hind kinoijodkorlari muntazam ishtirok etib keladi. Hozirga qadar Raj Kapurning oʻgʻli Randxir Kapur, Mithun Chakraborti, Bomani Irani, Kunal Kapur, Navab Shoh va boshqa kinoyulduzlar mehmon boʻlgan.

    Maʼlumot uchun, 2021-yilda Toshkent kinofestivali doirasida Raj Kapurning byusti Kapurlar sulolasining oʻzbek xalqiga hurmati ramzi sifatida taqdim etilgandi.