Sharof Rashidov haqidagi film London kinofestivalida taqdirlandi

    Ushbu film 30 ga yaqin mamlakatdan yuzlab kino filmlar orasidan eng munosibi deb topildi.

    Joriy yilning 24—28-may kunlari Londonda (ECG Film Festival) oltinchi Britaniya xalqaro kinoforumi oʻtib oʻtdi.

    Mazkur xalqaro kinoforumda “Oʻzbekiston tarixi” telekanali direktori Shuhrat Hayitovning “Sharaf Rashidov-the Inspirer for the Development of Mirzachul (Sharof Rashidov – Mirzachoʻl rivojlanishining ilhomlantiruvchisi)” nomli xronikal hujjatli filmi gʻolib deb topilib, maxsus mukofotga sazovor boʻldi.

    Qayd etish joizki, ushbu film 30 ga yaqin mamlakatdan yuzlab kino filmlar orasidan eng munosibi deb topildi.

    Mazkur filmda taniqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidovning tarjimayi holi, jumladan, uning Mirzachoʻlni oʻzlashtirishdagi jasorati, mamlakat qishloq hoʻjaligini tanglik holatidan olib chiqishdagi oʻrni, irrigatsiya, milioratsiya va boshqa yoʻnalishlardagi faoliyati yoritilgan.