Mazkur xalqaro forumda ishtirok etish uchun YUNESKO, YevroIttifoq, MDH, SHHT, ICOMOS, ISSROM, TURKSOY kabi xalqaro tashkilot vakillari, 50 dan ortiq xorijiy davlatlardan 500 nafarga yaqin ishtirokchi, ekspertlar, mahalliy madaniy meros, ilm-fan, sanʼat va boshqa sohalardagi ekspertlar hamda OAVlari vakillari tashrif buyurgan.
Bugun forum doirasida YUNESKOning “Jahon merosi markazi” bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda madaniy meros masalalari boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasi” (gibrid formatda) faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi munosabati tashkil etilgan tadbirda Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, YUNESKO Umumjahon merosi markazi direktori oʻrinbosari Jyoti Xosograxar (onlayn), Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markazi (IKKROM) bosh direktori Vebber Ndoro, YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakili Aleksandros Makarigakis, YUNESKO Umumjahon merosi obyektlari joylashgan Oʻzbekiston shaharlari masʼul vakillari hamda qoʻmita aʼzolari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, mazkur Forum doirasida xalqaro doiradagi uchrashuvlar, madaniy tadbirlar, va turli koʻrgazmalar boʻlib oʻtmoqda.