Toʼrt yillikning eng nufuzli musobaqalaridan biri boʼlgan ushbu sport anjumanining ochilish marosimi bugun, 24 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da boʼlib oʼtadi.  

Marosimda Oʼzbekiston sport delegatsiyasining bayroqdori sifatida para yengil atletika boʼyicha ikki nafar sportchimiz – Muhammad Rexsimov hamda Nurxon Qurbonova ishtirok etadi.  

 25 avgust kuni Paralimpiya bahslari boshlanadi.  

Eslatib oʼtamiz, Paralimpiya oʼyinlarida 5 mingga yaqin para atlet 540 ta medallar toʼplami uchun kurash olib boradi. Mazkur musobaqada mamlakatimizdan 48 nafar paralimpiyachi 8 ta sport turi – para yengil atletika, para suzish, para dzyudo, para taekvondo, para oʼq otish, para pauerlifting, para kanoe va para eshkak eshish boʼyicha ishtirok etadi.