Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida taekvondo WT boʻyicha yakuniy gran-pri boshlanadi. Mazkur gran-prida Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili ishtirok etadi. Kecha musobaqaning qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Unga koʻra, hamyurtlarimiz turnirni quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-68 kg: Ulugʻbek Rashitov – Nimrod Krivishkiy (Isroil),
-80 kg: Shuhrat Salayev – Firas Katousi (Tunis),
-80 kg: Nikita Rafalovich – Raul Garsiya (Ispaniya),
+67 kg: Svetlana Osipova – Nafiya Kush (Turkiya).
Unda Ulugʻbek Rashitov boshchiligidagi taekvondochilarimiz ham ishtirok etadi.