“Korea Open” turnirida 7 ta medal qoʻlga kiritildi

    Sport 16 Iyul 2025 1193

    Muju shahrida taekvondo WT boʻyicha “Korea Open” xalqaro musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.

    Qayd etilishicha, ikkinchi kun bellashuvlarida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

    Oltin medal:

    • -87 kg: Shuhrat Salayev

    Kumush medal:

    • -63 kg: Nazarali Nazarov
    • -87 kg: Yodgorbek Joʻraboyev
    • +73 kg: Svetlana Osipova

    Bronza medal:

    • -68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev

    Shu tariqa, hamyurtlarimiz mazkur musobaqada 1 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal jamgʻarishdi.