“WT Diamond Games” turnirining yakkalik bahslarida 13 ta medal qoʻlga kiritildi

    Sport 14 Iyul 2025 360

    Koreya Respublikasining Muju shahrida uch kun davom etgan “World Taekwondo Diamond Games” turniri yakunlandi.

    Qayd etilishicha, musobaqaning soʻnggi kuni doirasida yakkalik bellashuvlari tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, yakunda ularning 13 nafari shohsupadan joy oldi. Sportchilarimiz kun yakunida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

    Oltin medal:

    • -58 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
    • -68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev
    • -80 kg: Ozodbek Mamadaliyev
    • +80 kg: Yodgorbek Joʻraboyev
    • -49 kg: Madina Shoniyozova
    • -57 kg: Shabbona Abduvaliyeva
    • -67 kg: Ozoda Sobirjonova
    • +67 kg: Svetlana Osipova

    Kumush medal:

    • -58 kg: Omonjon Otajonov
    • +80kg: Azizbek Abduqodirov

    Bronza medal:

    • -58 kg: Kamronbek Mansurov
    • -58 kg: Mirdiyor Mirayimov
    • -67 kg: Sevnich Hayitova