Bugun, 28-fevraldan yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash mavsumi toʻxtatiladi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi inspeksiya boshligʻi Adham Qurbonov xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyundagi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi qonunda belgilab qoʻyilgan tartib – qoidalarga muvofiq, joriy yilning 28-fevralidan mamlakatimizda yovvoyi hayvonlarni va qushlarni ovlash uchun ov mavsumi yakunlandi.
Shu munosabat bilan barcha ovchilar ov yoʻllanmalarini 10 kun muddatda Oʻzbekiston Ovchi va baliqchilik sporti birlashmalari va uning hududlaridagi boʻlinmalariga qonunda belgilangan tartibda topshirishlari soʻraladi.