Bugundan Oʻzbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasi boshlandi

    Saylov 10 May 2023 1942

    Bugun, 10-may kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi oʻtkazildi.

    Majlisda bugundan saylov kampaniyasini boshlash haqida eʼlon qilindi.

    Saylov okruglarini tuzish 15-maygacha, saylov uchastkalarini tuzish 25-maygacha belgilanmoqda. Bundan tashqari, saylovchilarning yagona elektron roʻyxati tuziladi.

    Siyosiy partiyalar oʻz vakolatli vakillarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun saylov kampaniyasi eʼlon qilinganidan keyin 3 kun muddat ichida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak boʻladi. Saylovda ishtirok etish uchun partiyalar 15-maygacha hujjatlarni taqdim etishlari zarur. 17-may – 1-iyun oraligʻida prezidentlikka nomzodlar koʻrsatiladi.