Bugundan ayrim faoliyat turlariga ruxsat berildi.

Jumladan, avtotransport vositalari soat 06:00 dan 23:00 ga qadar maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi mumkin.

Umumiy ovqatlanish obyektlari banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazmagan holda soat 8:00 dan 20:00 ga qadar faoliyat koʻrsatadi.

Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo doʻkonlari va zargarlik doʻkonlari, sartaroshxona va goʻzallik salonlari, mehmonxonalar (xostellar va mehmon uylaridan tashqari), ochiq sunʼiy qoplamali sport oʻyingohlari, sport seksiyalari, toʻgaraklar, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.

Taʼlim markazlari, toʻgaraklar oʻn kishidan koʻp boʻlmagan guruh tashkil etib, mashgʻulot olib borishlari mumkin.

Viloyatdagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ham 12-avgustdan bolalarni qabul qilsa boʻladi.

Ushbu faoliyatlarni amalga oshirishda belgilangan sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish zarurligi qayd etilgan.