Buloqboshi tumanidan oqib oʻtuvchi “Janubiy Fargʻona“ kanalida sodir boʻlgan hodisa bartaraf etildi

    Voqea-hodisalar 9 May 2025 1021

    Shuningdek, xonadonlarga kirgan suvlar chiqarib tashlanib, davlat tomonidan aholiga koʻmak berildi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, “Janubiy Fargʻona“ kanalida sodir boʻlgan hodisani bartaraf etishda hududiy FVB, mahalliy hokimlik va FVDTning quyi tizimiga kiruvchi xizmatlar bilan hamkorlikda kanalning yemirilgan qismida muhandislik-himoya ishlari ishlari olib borilib, toʻliq mustahkamlandi va suv sizib chiqishi bartaraf etildi.

    Yuzaga kelgan vaziyat oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

    Eslatib oʻtamiz, shu yilning 8-may kuni Andijonda Janubiy Fargʻona magistral kanalining PK-194+60 piketida kichik GES qurish ishlarini olib borish jarayonida kanalning dambasini suv yuvib ketgandi. Shuningdek, hodisa oqibatida ushbu mahallada joylashgan 100 ga yaqin xonadonga suv kirgan. Shundan taxminan 30 tasida xonadonning ichiga, qolgan 70 ta holatda esa tomorqasiga suv kirgani maʼlum qilingandi.