Tadqiqot yo'nalishlaridan biri bu mikroblarning o'zi va ularning qarshilik uchun javob beradigan genlari qismlarining migratsiya mexanizmlari. Fransiyaning Laval va Klermon-Overn universitetlari tadqiqotchilari guruhi ularni eng aqlbovar qilmaydigan joyda – bulutlar ichida topdishdi.
Tadqiqot ikki yil davomida Fransiyaning Markaziy tog' massivi mintaqasida, 1465 metr balandlikdagi Pyui-de-Dom ob-havo stansiyasida o'tkazildi. Bu qit'aning turli qismlaridan kelgan havo oqimlari o'zlari bilan turli bulutlarni olib keladigan “chorraha”dir. Atmosferadan olingan namunalarda mikroblarning konsentratsiyasi litriga 8000 ni tashkil etdi, shuningdek, xuddi shu hajmda olimlar bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligini ta'minlaydigan 21800 gen qismlarini hisoblashdi.
Bulutlarning bakterial tarkibi juda xilma-xil bo'lib chiqdi: masalan, quruqlikdagi bulutlarda chorvachilikda ishlatiladigan moddalarga chidamli bakteriyalar ustunlik qildi. Olimlar buni mazkur bakteriyalar o'simlik va tuproq yuzasida yashashi, ular chang bilan birga shamol ta'sirida olinishi bilan bog'liqligiga e'tibor qaratishdi. Biroq okean bulutlarida qarshilikka ega boshqa turdagi bakteriyalar mavjud edi.
Havo oqimlarini keyingi o'rganish ishlari antibiotiklarga chidamli mikroblarning asosiy manbalarini aniqlashga yordam berishi kerak. Bulutlardagi genlarning konsentratsiyasi yerdagilardan kam emas, shuning uchun tadqiqot samarali bo'lishi kutilmoqda. Ehtimol, bu xavfli bakteriyalarni engish uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin, deyiladi techcult.ru saytida.









