Bu Toshkent shahrining Olmazor tumani, Chilto'g'on(Taxtapul) mahallasi hududidagi sobiq S.Raximov bog'ining o'rnidagi daraxtzor.
Tadbirkor qurilish qilmoqchi bo'lgan. Biroq mahalla ahli va ekologlar bu yerda yashnab turgan daraxtlarning kesilishiga qarshi.
Kesishning imkoni bo'lmagach, atrof o'ralib, ko'zdan pana holda daraxtlarning tubi teshilib, daraxtni quritadigan suyuqliqlar quyilgan. Buni daraxtlarga qarshi suiqasd deyish mumkin.
https://t.me/r_kusherbayev/5106
Afsuski qurilish va pul dardi ba'zi "tadbirkor"larni kelajakni zavol qilishdan ham qaytarmayapti. Shu darajaga yetib keldikmi?