Mehmon Buxoro shahridagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat boʻlinmasi ansamblari bilan yaqindan tanishib, kelajakda turkiy tilli xalqlar madaniyati va sanʼatini keng targʻib qilish boʻyicha qoʻshma loyihalar, konsertlar hamda madaniy tadbirlar oʻtkazish rejalari belgilandi.

Tashrif yakunida Metin Oʻzaslan Buxoro shahridagi Nodir Devonbegi hamda toqi sarrafon tarixiy obidalarida jamoa ansambllari bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilinib kichik konser dasturi namoyish qilindi.