Buxoro davlat universiteti Turkiyaning Istanbul Tijorat universiteti va Istanbul universiteti Huquq kafedrasi bilan hamkorlikda “Xalqaro maʼmuriy huquq va maʼmuriy sudlar simpoziumi”ni tashkil qildi.
Buxoro davlat universiteti rahbariyati tashabbusi bilan Xorijiy tillar fakulteti yosh olimasi Mehrinigor Ahmedova 2020-yil mart oyida Turkiyada boʻlib, jahonning Top 1000 talik universitetlar roʻyxatiga kiruvchi Istanbul universiteti va Istanbul Tijorat universiteti rektorlari bilan uchrashib, xalqaro hamkorlik memorandumlari imzolashga muvaffaq boʻldi. Bu hamkorlik natijasi sifatida turli webinar va seminarlar tashkil qilindi.
Istanbul Tijorat universiteti, Istanbul universiteti Huquq fakulteti Buxoro davlat universiteti, Baku davlat universiteti, Gumilyov YevroOsiyo Milliy universiteti, Al-Forobiy Qozogʻiston milliy universiteti, H.Dosmuhamedov Atirau universiteti, Xalqaro Vision universitetlari bilan hamkorlikda 2021-yil 10-12-aprel kunlari onlayn tarzda “Xalqaro maʼmuriy huquq va maʼmuriy sudlar simpoziumi”ni tashkil qilishgan va ushbu simpoziumning asosiy mavzusi “Maʼmuriy huquq va maʼmuriy sud tizimidagi oʻzgarishlar” boʻlib, shuningdek, maʼmuriy sudlov jarayonida huquqlarning himoya qilinishi boʻyicha yangi takliflar berish, ilmiy munozaralar va maʼlumot almashishni taʼminlash nazarda tutilgan.