Joriy yil 2 noyabrda Prezident SHavkat Mirziyoev raisligida aholini uy-joy bilan ta'minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan edi.  Yig'ilishda “YAshil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ko'rib chiqilib, 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo'yicha “dolzarb 40 kunlik” e'lon qilindi.

SHundan kelib chiqib, Buxoro davlat universiteti rahbariyati, xo'jalik bo'limi, Tabiiy fanlar fakul`teti, ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta'lim yo'nalishi talabalari bilan birgalikda universitet kampusida daraxtzorlar barpo etish, “YOshlar bog'i”ni tashkil qilish, shuningdek, dolzarb ekologik muammolarni hal qilishga keng jamoatchilikning e'tiborini qaratish maqsadida “40 kun ko'chat o'tqazaylik!” shiori ostida ko'chat o'tqazish tadbirlari bo'lib o'tyapti.

Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, Buxoro davlat universitetida ekologiya va atrof muhit muhofazasi hamda Biologiya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.

ekologiya va geografiya kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalalari “Buxoro–Mo'ynoq” ekologik aktsiyasi doirasidagi tadbirlarda muntazam ishtirok etmoqda. Ushbu aktsiyada shu vaqtga qadar 300 tupdan ortiq tut hamda 1000 tadan ko'p saksovul nihollari o'tqazilgan.

Bundan tashqari viloyatimizda barqaror ekologik muhitni saqlab qolish borasida Olot va Qorako'l tumanlari hududlarida 2021-2022 yillar davomida Buxoro davlat universiteti tashabbusi bilan 150 mingdan ortiq tez o'suvchi va manzarali daraxtlar ekish oyligi o'tkazilyapti.

ekilgan daraxtlarning suv va oziqa moddalar bilan ta'minotini yaxshilash evaziga ularning 80-90 foizi hozirgi paytda yaxshi rivojlangan. Ayni kunlarda kelgusi 2022 yilda viloyat miqyosida terak-ihotazorlar barpo qilishning ilmiy asoslarini yaratish va stress omillarning salbiy ta'sirini yumshatish borasida kengaytirilgan dastur ishlab chiqilyapti.uz fasli daraxt va nihollarni o'tqazishning ayni vaqti hisoblanadi.

Mazkur tadbirlar universitet miqyosida davom etmoqda, deya xabar beradi Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati.