Joriy yilning 22-avgust kunidan boshlab, Buxoro shahri Gazli shossesi yoʻli yoqasida joylashgan “Sharq” bosh bekatidan soat 09-00 dan eʼtiboran karantin talablari boʻyicha belgilangan barcha sanitariya-gigiyena meʼyorlarga amal qilgan holda “Buxoro shahri - Yetti pir ziyoratgohlari” yoʻnalishida transport qatnovi boshlanadi.

 

Mazkur yoʻnalishda “ARK TRAVEL” MCHJ korxonasi oʻzining zamonaviy avtobus va mikroavtobuslarida qatnovlarni amalga oshiradi.

Ushbu yoʻnalishdagi qatnov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 29-30-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilish bayonining “Buxoro shahri – Yetti pir ziyoratgohlari” yoʻnalishida transport qatnovini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida berilgan topshiriq ijrosini taʼminlash, viloyatning turizm sohasini yana-da rivojlantirish hamda sayyohlar va viloyat aholisiga sifatli transport xizmati koʻrsatish maqsadida Buxoro viloyati transport boshqarmasi tomonidan yoʻlga qoʻyilmoqda.