Sessiya ishida shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Oʻtkir Jumayev nomzodi shahar hokimi lavozimiga maʼqullandi.
Maʼlumot uchun, Oʻtkir Jumayev 1975-yilda Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan. 1997-yil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2011-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1997-yilda “Buxorosuvqurilish” aksionerlik jamiyatining 37-son koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ishlab chiqarish boʻlimi muhandisligidan boshlagan Oʻtkir Jumayev “Buxoroavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish davlat korxonasi direktori (2009–2010), “Buxoroavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish davlat tashkiloti direktori (2011–2012), “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ shaklidagi xorijiy korxona oʻquv markazi boshligʻi (2012–2015), “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ shaklidagi xorijiy korxona direktorining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (2015–2019) lavozimlarida ishlagan.