Buxoro viloyati 700 dan ortiq shartnomalar imzoladi

    “Ipak yoʻlida turizm” 2022 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Buxoro viloyati hozirga qadar turistik kompaniyalar, mehmonxona, muzey va restoranlar, turistik zonalar yoʻnalishida 700 dan ortiq shartnomalar imzoladi.

    Maʼlumki, joriy yilning 30-noyabr - 2-dekabr kunlari “Ipak yoʻlida turizm” 2022 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

    Unda Buxoro viloyatidan 100 ga yaqin mehmonxona, 30 dan ortiq turistik kompaniyalar va Buxoroda faoliyat yuritib kelayotgan qator ovqatlanish shaxobchalari, dam olish maskanlari va muzeylar ishtirok etmoqda.

    Hozirga qadar ushbu yoʻnalishlar boʻyicha 700 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Xususan, Rossiya, Indoneziya, AQSH, Isroil, Malayziya kabi davlatlar bilan ham kelishuv va shartnomalarga erishildi.