Buxoro viloyatida qurilayotgan shamol elektr stansiyalar uchun Xitoydan turbinalar olib kelinmoqda

    Energetika 30 Mart 2023 1053

    Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Peshku va Gʻijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan boʻlgan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

    Shamol elektr stansiyalar uchun Xitoydan shamol generator va turbinalar maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda, deya xabar beradi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

    Xitoyning “Envision” kompaniyasi tomonidan ushbu stansiyalar uchun 158 ta turbina yetkazib beriladi.

    Mazkur elektr stansiyalar 2024-yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

    Stansiyalar toʻliq ishga tushirilgach, yiliga 3,6 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1,1 mlrd metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 1 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.