Tanlov jarayonida viloyatdagi barcha maktablarning 9-11-sinf oʼquvchilari ishtirok etib, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimlari tomonidan taqdim etilgan adabiyotlar roʼyxati asosida test va savol-javob tarzida sinovdan oʼtkazildi.

 Maktablarda tashkil etilgan Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilar orasidan har bir maktabdan bir nafar oʼquvchi gʼolib sifatida eʼlon qilindi.

Bugun, “11 noyabr — Oʼzbekiston kasaba uyushmalari kuni”da barcha gʼolib oʼquvchilarga Oʼzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining maxsus sovgʼasi hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʼlimlarining diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Jumladan, Buxoro shahridagi 29-IDUMda ham shahardagi umumtaʼlim maktablari, shuningdek, Prezident maktablari oʼquvchilari orasida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan kitobxonlar munosib taqdirlandilar.