Bundan tashqari, 2020-yilning 19-yanvar kuni soat 16:00 da 23 yoshli A.X. jinoiy sheriklari M.K. va Voyaga yetmagan L.X., lar bilan til biriktirib bir guruh boʻlib, fuqaro J.S., ning yashash xonadonida 25.000 AQSH dollar miqdoridagi pullar borligi haqida maʼlumotga ega boʻlib, A.X., ning tuzgan jinoiy rejasiga koʻra, L.X. xonadon egasi J.S., ni hammomga chaqirib, chalgʻitib xonadon kalitini olib, dublikat yasattirib M.K., berib yuborib, M.K. oʻz navbatida mazkur kalit dublikati bilan J.S., ning uyga 3 marotaba kirishga erishib qimmatbaho buyumlarni va pullarni qoʻlga kirita olmasdan oʻgʻirlik jinoyatini sodir qilishga suiqasd qilib, hodisa sodir boʻlgan joydan yashiringan.
Shuningdek, Voyaga yetmagan L.X. oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020-yil 28-yanvar kunidan 04-fevral kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida G.Yu. yaqin munosabatda boʻlganligidan foydalanib, uning fotosuratlarini internet tarmoqlariga tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib, sharmanda qilishini aytgan holda tahdid qilib, jami bahosi 27.800.000 soʻmlik teng boʻlgan mulkini qoʻlga kiritib, tovlamachilik jinoyatini sodir qilgan.
Bundan tashqari, A.X. oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020-yil fevral oyining oxirlaridan 2020-yil mart oyining oʻrtalariga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida, jinoiy sheriklari b.R. va Voyaga yetmagan L.X. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib Buxoro shahrida yashovchi yoshli M.M., ning (ayol) ishonchini suiisteʼmol qilib, unga tanishi G.Yu. (ayol) jinoiy sheriklari b.R. va L.H., ning ustidan IIB ga murojaat qilganligini, bu ish natijasida b.R. qamalib ketishi mumkinligini, ushbu ishlarni hal qilishda advokat xizmati uchun pul berishlari lozimligi toʻgʻrisida yolgʻondan aytib, M.M., dan 1.800 AQSH dollari pullarni tez kunlarda qaytarib berishga vaʼda qilgan holda qoʻlga kiritib, ushbu pullarni oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Shuningdek, A.X. oʻzining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2020-yil mart oyining oʻrtalarida jinoiy sheriklari b.R. va Voyaga yetmagan L.X., lar bilan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib, oʻzi tomonidan tuzilgan reja asosida b.R. va Voyaga yetmagan L.X., lar Buxoro shahri b.Naqshband koʻchasida yashovchi M.M., ning uyiga kelib, b.R. uy ichida M.M., ni boshqa xonada chalgʻitib turganligidan foydalangan, Voyaga yetmagan L.H. mehmonxonadagi servantda boʻlgan jami 74,5 million soʻmlik pullar va qimmat baho taqinchoqlarni talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri IIO FMB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik), 165-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida M.K. JKning 25,169-moddasi 4-qismi «a» bandi (oʻgʻrilikka suiqasd), 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari, b.R. JKning 168-moddasi 2-qismi “a,b”, 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik), 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (oʻgʻrilik) bilan, voyega yetmagan L.X. JKning 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (firibgarlik), 25,169-moddasi 4-qismi «a» bandi (oʻgʻrilikka suiqasd), 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik), 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik), 169-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari bilan (oʻgʻrilik), A.X esa JKning 25,169-moddasi 4-qismi «a» bandi (oʻgʻrilikka suiqasd), 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik), 169-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (oʻgʻrilik) va 127-moddasi 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xati-harakatlarga jalb qilish) bilan ayb eʼlon qilinib, M.K., L.X. va A.X., larga nisbatan “qamoqqa olish” b.R., ga nisbatan “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasi tuzilgan va protsessual tartibida Buxoro shahar prokuraturasiga tegishli sudlov masalasini hal qilish uchun yuborilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti