Maʼlum qilinishicha, departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan.

Unga ko'ra, “P.” qoʻshma korxonasining Buxoro filiali rahbari Z.J. oʻziga ishonib topshirilgan 1,3 mlrd soʻmlik alkogol va salqin ichimliklarni naqd pulga sotib, pullarni korxona hisob raqamiga kirim qilmagan.

Mablag'larni talon-toroj qilib, ushbu pullar hisobidan turmush oʻrtogʻi va oʻzining nomiga 2 ta “Damas”, “Toyota Hays” va “Isuzu” rusumli avtotransport vositalarini xarid qilgan.

Shu orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.

Xabarga ko'ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.