Mazkur loyiha doirasida sobiq bitiruvchilar oʻzlari oʻqigan maktabdagi jonajon sinf xonalarini toʻliq taʼmirlab, zamonaviy jihozlar bilan jihozlab berishyapti.
Buxoro shahridagi 11-umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi, Buxoro davlat universiteti professori Bahodir Maʼmurov loyihaning ilk qahramonlaridan biridir. U tayyorlagan sinf xonasi oʻquvchi va oʻqituvchilarimiz uchun Mustaqilligimizning 30 yilligi va “Bilimlar kuni”ga munosib sovgʻa boʻldi, deya xabar beradi Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi.