Buxoroda saksovul oʻsimligini olib ketayotgan shaxslar qoʻlga tushdi

    Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan Atrof-muhit va bioxilmaxillikni asrash, saksovul, cherkez, qandim hamda yulgʻun oʻsimliklarini kesilishini oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

    Qayd etilishicha, tezkor guruh xodimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida, Olot tumanida yashovchi 2 nafar huquqbuzar choʻl hududidan saksovul hamda choʻl oʻsimligini olib kelayotganida inspektorlar tomonidan ushlandi.

    Holat yuzasidan 2 nafar huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79 moddasi 1 qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning har biriga 9 937 500 soʻmdan jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.