Kecha, 6-iyun kuni Buxoro viloyati Kogon tumanidan oʻtuvchi temir yoʻlda teplovoz va yuk mashinasi toʻqnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Joriy yilning 6-iyun kuni taxminan soat 16:10 larda Kogon tumani hududidan oʻtuvchi qoʻriqlanmaydigan temir yoʻl kesishmasidan harakatlanib kelayotgan poyezd teplovozi Buxoro tumani Zarmanoq mahallasida yashovchi B.I. boshqaruvidagi “Chakman” rusumli yuk mashinasi bilan toʻqnashib, yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Mazkur toʻqnashuv natijasida hech kim tan jarohati olmagan, faqat transport vositalariga biroz texnik shakast yetgan.