Unga koʻra, Buxorodagi tabiiy ofatdan talofat koʻrgan 116 nafar issiqxona egalariga viloyat hokimligi tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida, istisno tariqasida:

ularning faoliyatini qayta tiklash uchun 18 foizdan oshmagan stavkada, 2 yilgacha boʻlgan muddatga jami 71,6 mlrd soʻm miqdorda tijorat banklari kreditlari ajratiladi;

ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari toʻliq Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tomonidan qoplanadi;

kreditlar taʼminotining 50 foizi Jamgʻarma kafilligi va qolgan qismi sugʻurta tashkilotlarining sugʻurta polisi asosida amalga oshiriladi.