Qizil kitobga kiritilgan boʻz echkiemari tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborildi

    Yashil sayyora 3 Iyun 2025 560

    Navoiy viloyati Karmana tumanning “Kalovat“ MFYdagi Qiyot koʻchasi 96-xonadonning hududiga boʻz echkiemari kelib qolgani toʻgʻrisida Karmana tumani Ekologiya boʻlimi xabar kelib tushgan.

    Viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, holat Karmana tumani Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan joyiga borib oʻrganilgan.

    Oʻrganishlar natijasiga koʻra, haqiqatdan ham Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi“ga kiritilgan boʻz echkiemar mahalladagi aholi yashaydigan xonadonning hududiga kelib qolganligi, uning holati qoniqarli ekanligi aniqlandi.

    Shundan soʻng, holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, boʻz echkiemari ona tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborildi.