Toshkent viloyatida fuqaro yovvoyi toʻngʻizni ovlab, terisidan ajratdi

    Yashil sayyora 10 Iyun 2025 337

    Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Ugom — Chotqol biosfera rezervati bilan chegaradosh boʻlgan Ohangaron oʻrmon xoʻjaligiga qarashli Tandirsoy hududida ekologik nazorat tadbiri oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirida 1985–yilda tugʻilgan fuqaro Q.M. tomonidan 1 bosh yovvoyi toʻngʻizni terisidan ajratib nimtalangani aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, fuqaro yovvoyi toʻngʻizni Ohangaron tumani Qoraboshsoy hududi orqali yashash manziliga yaʼni Tut MFY Anhor koʻchasidagi oʻziga tegishli ot ulovga yuklagan holda olib kelgan.

    Holat boʻyicha huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Shuningdek, huquqbuzar bu xatti-harakatlari bilan hayvonot dunyosiga 11 250 000 (oʻn bir million ikki yuz ellik ming) soʻm miqdorida zarar yetkazgani aniqlandi.

    Holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilmoqda.