Mazkur yoʻnalishdagi ishlarni davom ettirish maqsadida Ispaniyaning Valensiya Politexnika universiteti bilan ham yaqin aloqalar yoʻlga qoʻyildi.

Xususan, Buxoro viloyat madaniy meros bosharmasi, Buxoro davlat universiteti va Valensiya Politexnika universiteti oʻrtasidagi hamkorlik doirasida BuxDUning xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Muhriddin Qilichev Valensiya Politexnika universitetida “Communication and cultural industries – Aloqa va madaniyat sanoati” ixtisosligi boʻyicha PhD doktoranturasiga qabul qilinib, “Buxoroning mahalliy barqaror turizmini rivojlantirishda Buyuk Ipak yoʻlidagi madaniy meros obyektlarining ahamiyatini oshirish. Mavjud vaziyat tahlili va analiz” mavzusida oʻz ilmiy faoliyatini boshladi.

Hozirda doktorant va viloyat madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Buxoro shahridagi 60 ta moddiy madaniy meros obyektlarining xalqaro standartlar asosidagi pasportlari oʻzbek va ingliz tillarida tayyorlanmoqda.

Buxoro viloyat madaniy meros

boshqarmasi matbuot xizmati