Buyrak saratoniga davo topildi

    Uchta dorining kombinatsiyasi buyrak saratonini davolashda samara berdi.

    Dana-Farber saraton instituti olimlari buyrak saratoni uchun samarali davolash usulini topishdi. Ma'lum bo'lishicha, uchta dorining kombinatsiyasi kasallikning keyingi bosqichlarida rivojlanishini sekinlashtiradi.

    Tadqiqotda ilgari davolanmagan va faqat o'sma yoki metastatik zararlanish mavjud bo'lgan 855 bemor ishtirok etdi. Ishtirokchilarga uchta dori kombinatsiyasini o'z ichiga olgan eksperimental davolash taklif qilindi. Bemorlarning ahvoli 17,7 oydan 20 oygacha kuzatildi.

    Odatda, saraton kasalliklariga nivolumab va kabozantinib yoki nivolumab va ipilimumab sxemasidagi birinchi darajali davolash (immunoterapiya) qo'llaniladi. Sinov ishtirokchilariga mazkur sxemalardan biri kinaz ingibitori bilan birga qo'llanildi. Nazorat guruhi esa faqat nivolumab va ipilimumab qabul qildi.

    Natijalar shuni ko'rsatdiki, yangi davolash usulini olgan bemorlar faqat standart immunoterapiya olgan bemorlarga nisbatan omon qolish darajasi sezilarli darajada yaxshilangan. Saraton kasalligi yuzaga kelishi yoki o'lim xavfining kamayishi taxminan 27 foizni tashkil etdi, deb xabar beradi lenta.ru.